Hindistonning Tata avtomobilsozlik kompaniyasi Jyeneva motorşousida yana iştirok etadi. Kompaniya Şveytsariyada ötadigan nufuzli körgazmani ötkazib yubormaslikka harakat qiladi. Hindlar 1998 yildan beri avtosalonda özlarining kontseptlarini namoyiş qilib keladilar. Ötgan yil mahalliy OAVda 2018 yilda Tata Jyenevaga bormasligi haqida gaplar paydo bölgan. Biroq avtosalonning tizeri bu ma'lumotlarni rad etadi. 

Kompaniya Jyenevada taqdim qiladigan yangi kontseptning nomi oşkor qilinmagan, uning körsatkiçlari ham sir saqlanmoqda. Hind jurnalistlari Tata Jyenevada özi yaratgan AMP (Advanced Modular Platform) platformasida qurilgan sedanni namoyiş qiladi, deb hisoblaşmoqda.  

Kontseptning suratlariga köra, uşbu 4 eşikli maşinaning taşqi körinişi Tata’ning yangi uslubi Impact Design 2.0 uslubida bajarilgan. Kontsept 2 yildan keyin seriyali işlab çiqariluvçi sedanga aylanişi kutilmoqda. U Hindistonda Maruti Suzuki Ciaz va Honda City’ga raqobat taşkil qiladi. 

Foto: Tata 45X

Kontseptning sotuvga çiqariladigan versiyasi motorlari orasiga 1,2 litrli benzin dvigatel va 1,5 litrli turbodizel kirişi mumkin. Bundan taşqari, xaridorlarga maşinaning gibrid yoki töliq elektr variantlari taklif qilinadi.