Hindistonning Tata avtomobilsozlik kompaniyasi Jyenevadagi avtosalonida E-Vision nomli kontseptual sedanini taqdim qildi. Ta'kidlanişiça, kontsept kelgusida albatta seriyali versiyasini oladi. Maşina savdoda bir neça yildan keyin paydo bölişi kerak. Prototip elektr kuç qurilmasi bilan jihozlanadi.

Maşina 100 km/soat tezlikka 7 soniyada erişadi. Uning maksimal tezligi 200 km/soatni taşkil qiladi. Maşinaning qolgan körsatkiçlari sir saqlanmoqda. Norasmiy ma'lumotlarga köra, prototipning yuriş zaxirasi 300-400 kmni taşkil qiladi.

Maşina Impact 2.0 deb nomlangan futuristik köriniş olgan. Sedanda Omega EV arxitekturasi qöllangan. Kelgusida maşina yarimavtonom boşqariş tizimini olişi mumkin.
Prototip, şuningdek, sozlanuvçi orqa örindiqlar va markaziy konsolda ikkita ekran olgan. Bu ekranlar ularga zarurat bölganda oçiladi. Bundan taşqari, markaziy konsol ostida böş joy mavjud bölib, bu EVision Sedan yaratuvçilarining fikriça, “haşamatlilik va kenglik hissini” beradi.






















