Niderlandiyaning PAL-V kompaniyasi Jyenevadagi avtosalonda ilk seriyali uçar avtomobil Liberty’ni taqdim qildi. Maşina ikki yölovçi va 20 kg gaça yuk taşiy oladi. Taxmin qilinişiça, aerokar zarur sertifikatlar olingandan keyin 2019 yilda mijozlarga yetkazila boşlanadi.
PAL-V Liberty kuç qurilmasi sifatida ikkita Rotax aviatsion dvigateli olingan. Motorning yerda yurganida quvvati 100 ot kuçini taşkil qiladi. Maşinaning 100 km/soat tezlikka erişişiga 9 soniya talab etiladi, maksimal tezligi 160 km/soatni taşkil qiladi. Liberty yoqilği baki töla bölganda 100 km ga örtaça 7,6 litr yoqilği sarflagan holda 1315 km yöl bosa oladi.




Maşinaning parvoz rejimi motor quvvatiini 200 ot kuçigaça oşiradi. Maşina soatiga 180 km tezlik bilan 3,5 ming metrgaça balandlikda uça oladi. Uçar maşina havoga kötarilişi uçun 330 metrlik töğri yöl kerak böladi. Maşina havoda 4,3 soat böla oladi va 500 km masofa uçib öta oladi.
Maşinaga buyurtma beriş uçun 2,5 mingdan 25 ming dollargaça depozit (versiyasiga köra) kiritiş lozim. Agar 10 ming yoki 25 ming dollar tölansa, yetkazib berişda ustuvorlik hamda maşinani boşqariş böyiça 10 ta dars oliş imkoniyati beriladi. Avvalroq aerokarning bazaviy versiyasi narxi 299 ming dollarni taşkil qilişi ma'lum qilingan.



















