Autocar yapon naşri ixtiyorida Ferrari’ning yangi superkari – 488 modelining eng ekstremal versiyasining ilk rasmiy suratlari va u haqidagi ma'lumotlar paydo böldi. Yangi maşina Pista deb nom oladi, u italyançadan tarjima qilinganda “trek” ma'nosini anglatadi.

Foto: autocar.co.uk

Ferrari 488 Pista 721 ot kuçiga va 770 Nm aylantiriş lahzasiga ega 3,9 litrli, 8 silindrli motor bilan jihozlanadi. Bu 488 model motoridan 10 ot kuçiga köproqdir. Şu tariqa, yangi maşina Ferrari tarixidagi 8 silindrli motor bilan jihozlangan eng kuçli maşina böladi.

Foto: autocar.co.uk

Kupening oğirligi modelning oddiy versiyasidan 90 kg yengilroq bölib, 1280 kg ni taşkil qiladi. Maşina oğirligini kamaytiriş uçun unda kompozit materiallar köproq qöllanadi. Jumladan, maşinaning kapoti, tomi, bamperlari, orqa spoyleri, intererining ba'zi elementlari, xususan old panel karbondan tayyorlanadi. Bularga qöşimça ravişda avtomobilda yangi kuzov osma detallari qöllanadi, ular evaziga maşinaning aerodinamik körsatkiçlari 20 foizga yaxşilanadi.

Foto: autocar.co.uk
Foto: autocar.co.uk

488 Pista 100 km/soat tezlikka 2,8 soniyada erişadi.

Maşinaning ilk taqdimoti mart boşida Jyeneva avtosalonida bölib ötadi. Superkarning narxi taxminan 300 ming dollardan boşlanadi.

Foto: autocar.co.uk