Ozarboyjon Milliy işbilarmonlar konfederatsiyasi prezidenti Mamed Musayev Qurbon öğli Özbekistonni turizm, jumladan tibbiyot turizmi yönalişida hamkorlik qilişga çaqirdi. KUN.UZ muxbiri Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Xalqaro Press-klub bilan hamkorlikda ötkazgan matbuot anjumanida berilgan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Ozarboyjon Milliy işbilarmonlar konfederatsiyasi prezidenti Mamed Musayev Qurbon öğlining sözlariga köra, Özbekiston va Ozarboyjon turizm sohasida keng hamkorlik qilişi mumkin.
"Ozarboyjonda turistik assotsiatsiyalar juda köp. Ular yordamida ikki tomonlama sayyohlar oqimini köpaytirişimiz mumkin.
Ozarboyjon va Özbekiston - madaniyat, til, qadriyatlar borasida juda öxşaş xalqlar. Töğrisini aytsam, men bu yerda özimni xuddi Bakuda yurgandek his qilyapman. Şunday ekan, biz turizm sohasida ham hamkorlik qilmoğimiz lozim.
Ayniqsa, tibbiyot turizmi böyiça hamkorlik salohiyati katta. Bizda neft yordamida turli kasalliklarni davolovçi "Naftalan" kabi sanatoriylar bor. Bundan taşqari, Ozarboyjonda Kaspiy dengizi bor, şunday ekan, uzoq mamlakatlarga borişning hojati yöq", - deydi Mamed Musayev Qurbon öğli.












