Saudiya Arabistoni Olimpiya qömitasi rahbari Turki bin Abdulmuhsin Al Şayx Butunjahon bouling markazi rahbariyati bilan qirollikda birinçi uçta bouling va bilyard-klublar oçilişi haqidagi kelişuvni imzoladi. Bu haqda SPA axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligining ma'lum qilişiça, klublar qirollikning uçta şahri: Ar-Riyod, Jidda va Ad-Dammamda oçiladi. Kelişuv drift (avtomobillarni ekstremal boşqariş) va boşqa sport loyihalari uçun maxsus joy ajratilişini ham öz içiga oladi. Ular haqida keyinroq ma'lum qilinadi.
Ta'kidlanişiça, kelişuv qirollikda köngil oçiş sektorini rivojlantiriş rejasi doirasida imzolangan.
Saudiya Arabistoni hokimiyati tepasiga qirol Salmonning kelişi va uning öğli Muhammad bin Salmonning valiahd şahzoda etib tayinlanişi bilan qirollikda jadal ravişda özgarişlar yuz bera boşladi. Jumladan, ayollarga köproq erkinliklar berilmoqda. Xususan, ularga maşina haydaş va sport tadbirlariga taşrif buyurişga ruxsat berildi.











