Sir emaski, yaqin-yaqingaça fuqarolar sudlarga murojaat etişda turli byurokratik holatlarga duç kelar, sodda qilib aytganda, mazkur idoralarda kuzatilişi mumkin bölgan ovoragarçilik, sansalorlik va qoğozbozliklardan bezib qolgandi. Bu esa jamiyatda odil sudlovga, qonun hamda adolat ustuvorligiga bölgan işonçga putur yetkazişi tabiiy edi.

Binobarin, Özbekiston Respublikasi prezidentining virtual qabulxonasiga, Xalq qabulxonalariga kelib tuşgan murojaatlar orasida sudda işlar körilişi va sudyalar faoliyatiga daxldor şikoyatlar ham oz emasligi yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.

Bunday holatlar davlat rahbari tomonidan bir neça bor tanqid qilindi. Sudlar faoliyatida oçiqlikni, şaffoflikni ta'minlaş, murojaatlarni körib çiqişda yuzakilik hamda befarq munosabatlarga uzil-kesil çek qöyiş, odil sudlovni qaror toptiriş yuzasidan muhim topşiriq va tavsiyalar berildi. Xöş, bunga javoban respublika sud organlari tizimida qanday özgariş hamda yangilanişlar közga taşlanmoqda?

“Xalq sözi” naşri Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi örinbosari, fuqarolik işlari böyiça sudlov hay'ati raisi Xolmömin Yodgorov bilan şu haqda suhbat uyuştirdi.

Uning sözlariga köra, ötgan vaqtda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Taraqqiyot dasturining Özbekistondagi vakolatxonasi bilan birga, “Özbekistonda qonun ustuvorligi yölida hamkorlik” qöşma loyihasi doirasida “E-SUD” milliy elektron sudlov axborot tizimi yaratildi hamda fuqarolik işlari böyiça sudlar faoliyatiga tatbiq etilyapti.

— Har qanday yangilik birinçi galda fuqarolar manfaatiga xizmat qilişi kerak. Şu ma'noda, “E-SUD” milliy elektron sudlov axborot tizimining qanday qulayliklari bor?

— Birinçidan, uşbu tizim orqali jismoniy va yuridik şaxslarga sud idorasiga bormasdan, internet orqali masofadan turib öz murojaatlarini, ya'ni da'vo arizalari, arizalar, iltimosnomalar hamda ularga ilova etiladigan hujjatlarni elektron tarzda jönatiş, sudlarda esa hujjatlarni elektron tarzda qabul qilib oliş imkoniyati yuzaga keldi. Bu holat taraflarning ovoragarçiliklariga, ortiqça qoğozbozlik hamda sarf-xarajatlarga ham çek qöyadi. Şuningdek, murojaat etgan şaxs, uning arizasi böyiça körilayotgan işda taraf sifatida qatnaşayotgan javobgarlar va ularning vakillari, prokurorlar, advokatlar hamda boşqa şaxslar protsessual jarayonlarni, ya'ni işning köriş uçun tayinlanganligi, qoldirilganligi, töxtatilganligi yoki köriş natijasi haqidagi ma'lumotlardan internetdagi şaxsiy kabineti orqali xabardor bölib boradi.