Tesla Model S elektr sedani Yevropadagi savdo hajmi böyiça Germaniyaning Mercedes-Benz, BMW va Audi kompaniyalarining lyuks toifadagi sedanlarini ortda qoldirdi. Bu haqda Automotive News Europe xabar bermoqda.
Model S AQŞda bir neça yillardan beri nemis brendlaridan xaridorgirroq bölib, biroq nemis kompaniyalari vatanida ilk bor raqobatçilarini ortda qoldira oldi.
JATO Dynamics ma'lumotlariga köra, 2017 yilda Model S’ning Yevropadagi savdo hajmi 30 foizga oşib, 16132 donani taşkil qilgan. Bu orada Mercedes S-sinf savdosi 3 foizgagina oşib, 13359 donani, BMW savdosi esa, aksinça, 13 foizga tuşib ketib, 11735 donani taşkil qilgan.
“Yevropa avtokompaniyalariga modellar qatorini “elektrlaştiriş”ni jadallaştiriş lozim, çunki xaridorlarda ular bu poygada ortda qolayotgandek taassurot paydo bölmoqda”, deb aytgan JATO tahlilçisi Felipe Munosa.
Yaqin orada premial segmentda yana bir neçta yangi elektr modellar – Jaguar I-Pace, Audi e-tron Quattro, Porsche Mission E va Tesla Model S’ning bevosita raqobatçisi Volkswagen Vizzion savdosi boşlanişi kerak.












