Jamiyat | 10:56 / 21.02.2018
8639
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun reklama va marketing sohasi qanchalik kerak? (videosuhbat)

Marketing va reklama sohasining eng yirik tadbiriga aylanib ulgurgan Adweek-2018 haftaligi joriy yilning 26 fevralidan 2 martga qadar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Haftalik doirasida ko‘rgazma, anjuman va Adweek tanlovi kabi tadbirlarning bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

KUN.UZ sayti mazkur haftalik oldidan tashkilotchilar bilan suhbatlashishdi. Bu haqda Respublika davlat raqobat qo‘mitasi iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Azimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Milliy bozorimiz kun sayin rivojlanib bormoqda. Yangi-yangi korxonalar tuzilmoqda, yangi-yangi ish o‘rinlari tashkil qilinmoqda. Mana shu korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bevosita iste'molchilarga qaratilgan. Ana shu mahsulotlar haqda iste'molchilarga axborot berish sohasi marketing hisoblanadi. 

Milliy bozorimizda marketing va reklama nimaligini tushunib yetayotgan korxonalarimiz yetarli. Bu oldingi yillarga sarhisob qiladigan bo‘lsak, O‘zbekistonda reklama bozori o‘sib borayotganini ko‘rsatadi. Olib borilayotgan siyosat bilan hamnafas bo‘lish maqsadida raqobat qo‘mitasi nazorat funksiyasini chetga surib qo‘ygan holda reklama bozori sub'yektlariga reklama mohiyatini yordamchi bo‘lmoqda.

Dilshod Azimovning ma'lum qilishicha, haftalik davomida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tadi. 

Dilshod Azimov bilan bo‘lib o‘tgan suhbat Adweek-2018 haftaligida kutilayotgan yangiliklar, umuman, O‘zbekistonda reklama va marketing sohasini rivojlantirish borasida bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga oid