Bugun, 21 fevral kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir neça moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan sudlanuvçi Ahmadjon Tursunboyev va boşqalarga nisbatan jinoyat işining tergov bilan yakunlangan qismini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi.
Sud majlisida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 188-moddasi (noqonuniy tadbirkorlik faoliyati), 189-moddasi (savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş), 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz şuğullaniş), 25 orqali 211-moddasi (pora berişga suiqasd qiliş) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş)da közda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda ayblangan sudlanuvçilarga nisbatan sud hukmi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot kotibi Aziz Obidovning aytişiça, hukm çiqarişda sudlanuvçilarning sodir etgan jinoyatlari uçun çin köngildan puşaymon ekanligi va jinoiy qilmişlarni foş qilişda yordam berganliklari alohida e'tiborga olingan.
«Ahmadjon Tursunboyev va uning şeriklari faoliyatidan ziyon körgan jabrlanuvçilar bilan tergov qismi hali davom etmoqda. Tergov jarayonida jinoyat tarkibi aniqlanişi bilan sud işi qaytadan boşlanadi», deydi u.
Ma'lum qilinişiça, sud tomonidan yuqorida közda tutilgan jinoyatlar tufayli yetkazilgan moddiy zararni qoplaş masalasi boşqa jinoyat işlarini ham tergov natijalariga qarab hal qilinişi körsatib ötildi.
Eslatib ötamiz, sud majlisida 7 nafar sudlanuvçi ÖzR JKning tegişli moddalari böyiça aybdor deb topildi va Ahmadjon Tursunboyevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilingan holda 13 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi. Şuningdek, EKIH 400 baravari miqdorida, ya'ni 52 million 96 ming sömga teng jarima ham undirilişi aytildi. Lekin unga nisbatan amnistiya qöllanib, jazo muddatining törtdan bir qismi qisqartirildi.









