Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudida çinozlik “Ahmadboy” nomi bilan dong çiqargan Ahmadjon Tursunboyevga sud hukmi öqilgani xabar berilgandi. Unga 13 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosi berilgan. Lekin unga nisbatan amnistiya qöllanib, jazo muddatining törtdan bir qismi qisqartirildi.

Şuningdek, Ahmadjon Tursunboyevning kuyovi Olmos Qöçqorov 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan şuğullanişdan mahrum qilingan holda 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi, 52 mln 96 ming söm jarima jazosi tayinlandi. O.Qöçqorovga amnistiya qöllanib, ozodlikdan mahrum qiliş jazosining ötalmagan muddati törtdan bir qismga qisqartirildi.

Mavzuga oid: Ahmadboyga maşinasini topşirganlardan 105 nafari öz avtomobillarini qaytarib olişdi

Şuningdek, “Ahmadboy”ning 5 nafar jinoiy şerigiga nisbatan ham sud hukmi öqildi. 

Izzatilla Ibrohimovga bir yil muddatga tadbirkorlik bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosi va 45 mln 584 ming söm jarima jazosi tayinlandi. Unga amnistiya qöllanib, ozodlikdan mahrum qiliş jazosining ötalmagan muddati törtdan bir qismga qisqartirildi.

Murodjon Tursunboyevga bir yil muddatga tadbirkorlik bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosi va 45 mln 584 ming söm jarima jazosi tayinlandi. Unga amnistiya qöllanib, ozodlikdan mahrum qiliş jazosining ötalmagan muddati törtdan bir qismga qisqartirildi.  

Oybek Tursunboyevga bir yil muddatga tadbirkorlik bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilingan holda 7 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosi va 45 mln 584 ming söm jarima jazosi tayinlandi. Unga amnistiya qöllanib, ozodlikdan mahrum qiliş jazosining ötalmagan muddati uçdan bir qismga qisqartirildi.     

Mavzuga oid: Moliyaviy piramida nima? Unga sarmoya kiritiş kerakmi?