Byudjyet taşkilotlari va byudjyet mablağlari oluvçilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuziş, tasdiqlaş hamda taqdim qiliş böyiça qoidalar (röyxat raqami 2971, 15.02.2018 y.) e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.
Ilgari amal qilgan Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetidan mablağ bilan ta'minlanadigan taşkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuziş, tasdiqlaş hamda taqdim qiliş böyiça qoidalar (röyxat raqami 2270, 27.09.2011 y.) 15.02.2018 yildan öz kuçini yöqotdi.
Birinçidan, qabul qilingan hujjat bilan byudjyet taşkilotlarining yillik va çoraklik moliyaviy hisobotlariga tuzatişlar kiritildi. Ularga Byudjyet taşkilotini çet el valyutalari böyiça pul mablağlari harakati töğrisidagi hisobot ham qöşildi.
Ikkinçidan, xarajatlar smetasining ijrosi haqida oylik hisobot (1-OX-son şakl) bekor qilindi. Şu munosabat bilan byudjyet mablağlari oluvçilar faqat Xarajatlar smetasining ijrosi haqida çoraklik hisobotni (2-son şakl) topşiradilar.
Uçinçidan, hisobotlarni taqdim etiş muddatlari jadvali tasdiqlandi.
Tegişli moliya organlari tomonidan taşkilot rahbarining yozma ravişdagi murojaatiga asosan hisobotlarni topşiriş muddati köpi bilan 5 iş kuniga keçiktirilişi mumkin.
Törtinçidan, byudjyet taşkilotlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni «UzASBO» dasturiy majmuasi orqali elektron şaklda taqdim qiliş tartibi belgilandi. Bunda elektron raqamli imzo, şuningdek lozim darajada rasmiylaştirilgan hisobotlarning qoğoz variantining bir nusxasi saqlanişi talab etiladi.
Hujjat 15.02.2018 yildan kuçga kirdi.











