Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatdagi barça maktablarni 5 kunlik öqiş tizimiga ötkaziş haqidagi qonunni imzoladi.

Prezident qonunni 21 fevral kuni imzoladi, u 10 kundan keyin kuçga kiradi.

10 yanvar kuni Qirğiziston parlamenti uçinçi öqişda ta'lim haqidagi qonunga tuzatişlarni ma'qullagandi. Unga köra mamlakatdagi barça maktablar 5 kunlik öqiş grafigiga ötişi közda tutilgan.

Kloop.kg naşri xabariga köra, gimnaziyalar va litseylarning öquvçilari ayrim fanlardan çuqurlaştirilgan ta'lim berilişi tufayli 6 kunlik öqişni davom ettirişadi.

Uşbu qonun taşabbuskori SDPK fraksiyasi deputati Dastan Bekeşev hisoblanadi. U taşabbusini öquvçilarga ham, öqituvçilarga ham yuklamalarni kamaytiriş zarurati bilan izohlagandi.

«Xususiy maktablarda ham haftasiga 5 kun öqiş bölişi kerak, oltinçi kuni esa bolalar madaniy tadbirlarga, tögaraklarga borişlari yoki vaqtini ota-onalari bilan ötkazişlari mumkin. Öqituvçilar ham dam olişi kerak», — degandi Bekeşev.

2017 yilning yanvaridan mamlakatdagi maktablarning 75 foizida haftasiga 5 kunlik öqiş tizimi joriy qilingandi, gimnaziya va litseylar 6 kunlik grafikda davom etmoqda.

Bundan avvalroq Özbekistondagi maktablarda 1 martdan boşlanğiç sinflarni 5 kunlik öqişga ötkaziş rejalaştirilayotgani haqida xabar berilgandi.