Ukrainaning Mostiska çegara otryadi boşliği Mixail Saakaşviliga 2021 yil 13 fevralgaça Ukrainaga kirişni taqiqladi. Bu haqda Saakaşvilining advokati Ruslan Çernolutskiyga iqtibos keltirgan holda “Interfaks-Ukraina” naşri ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, Ukraina davlat çegara xizmati boşliği örinbosari Vasiliy Servatyuk Çernolutskiyning söroviga javoban çegara xizmati ma'muriyati uşbu qarorni Ukraina qonunçiligi talablariga töliq mos keladi, deb hisoblaşini ta'kidlab ötgan.
Saakaşvilining advokati çegara xizmatining bu qarori noqonuniy ekanligini va uning ustidan arz qilinişini aytgan.
Saakaşvili 12 fevralda Kiyevda qölga olinib, samolyotda Varşavaga yetkazilgan. Saakaşvili Polşa hududida Ukraina milliy migratsiya xizmati tomondan topşirilgan readmissiya (ortga qabul qiliş) haqidagi bayonotga köra qabul qilingan.












