20 fevral kuni soat 07.10larda Surxondaryo viloyatining Jarqörğon tumanida 1988 yilda tuğilgan T.Şamatov özining «Lasetti» rusumli avtomaşinasida avtohalokatga uçradi.

Avtomaşina Örikli mahallasi hududidan ötuvçi «Bişkek-Duşanbe-Termiz» M-41 yölining 1553-km.da harakatlanib ketayotganda haydovçi boşqaruvni eplay olmay, yölning çap tomonidagi ariqqa tuşib ketgan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi tarqatgan xabarga köra, avtomaşina haydovçisi T.Şamatov jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Uning yölovçilari Z.Mardonova, D.Jörayev, M.Abduxayirova hamda T.Eşmirzayevalar voqea joyida halok bölgan.