Özbekiston futbol assotsiatsiyasi 21 fevral kuni «Bunyodkor» va «Navbahor» klublarini 500 million söm miqdorida jarimaga tortdi. Sababi bitta — diskvalifikatsiya qilingan futbolçilar jamoa tarkibida qolgan.
ÖFA rasmiy saytida e'lon qilingan xabarda «Bunyodkor» va «Navbahor» klublari mos ravişda Dilşod Ahmadaliyev va Oybek Qiliçevni örtoqlik uçraşuvlarida öynatib yurgani uçun jazolangani aytiladi.
«Navbahor-Loçinlari» klubi futbolçisi Oybek Qiliçev bir yil muddatga, «Bunyodkor» futbol klubi futbolçisi Dilşod Ahmadaliyev esa butunlay futboldan çetlatilgandi. Ammo şunga qaramay nomlari yuqorida tilga olingan futbolçilar öz klublari tarkibida örtoqlik öyinida maydonga tuşib yurgan.

Özbekiston futbol federatsiyasi (rasmiy saytda aynan federatsiya deb berilgan — Tribuna.Uz izohi) Ijroiya qömitasi Byurosi qarorlarini buzgani uçun Ijroqöm Byurosining 2018 yil 21 fevraldagi 6-sonli Qaroriga köra «Navbahor-Loçinlari» hamda «Bunyodkor» futbol klublarining har biriga 500 million söm miqdorida jarima solindi», deyiladi rasmiy xabarda.
Körib turganingizdek, berilgan rasmiy manbada heç qanday reglament yoki tartib-intizom qoidalari asos qilingani körsatib ötilmagan. Haqli savol tuğiladi: ÖFA bu qarorga kelişi uçun qanday asosga tayandi? Qaysi mezon asosida jarima miqdorlari belgilandi?
Reglamentni titkilaymiz. Aytgança, şu örinda, PFL va ÖFA rasmiy saytida reglamentni izlab topiş igna bilan quduq qazişdek gapligi futbolga aloqador kişilarning heç biriga sir emas. Amallab topganimiz reglamentning birorta bandida norasmiy uçraşuvda öynagan futbolçi sabab klubni jazolaşi haqidagi band topilmadi. Aynan şunça miqdorda summa belgilanişi haqidaku gapirmasa ham böladi. Bu birinçidan.
Ikkinçidan, ÖFA rasmiy sayti klublarning örtoqlik uçraşuvida öynagani haqida yozgan. Bizga ma'lumki, örtoqlik uçraşuvlari odatda terma jamoalar örtasida taşkil qilinadi va uning aniq qoidasi va reglamenti işlab çiqilgan. Rasman örtoqlik uçraşuvi degan nomni oliş uçun uçraşuvda 6tadan ortiq özgariş qiliş mumkin emas. Klublar örtasidagi yiğinlar vaqtidagi uçraşuvlarda 6ta emas, önlab özgarişlar bölişini rasmiy saytlarda çiqqan qaydnomalarda ham körişimiz mumkin. Buni heç qanaqasiga örtoqlik uçraşuvi maqomiga tenglaştirib bölmasligi şundan ham ma'lum. Oddiy tilda tuşuntirganda, bu yiğindagi nazorat uçraşuvlari. Unda jamoada hali rasman bölmagan turli futbolçilar ham sinovdan ötiş maqsadida tuşişidir. Misol uçun, siz, futbolda qobiliyatingiz bor, lekin heç qaysi jamoada öynamaysiz. Sizni körişmoqçi tuşaverasizda öşa nazorat öyinida. Heç qanday rasmiy qaydnoma, klub a'zosi ekaningiz haqida kartoçka ham söraşmaydi. Şunday holatda savol tuğiladi: qariyb maşğulot darajasidagi öyinda öynagan futbolçi sabab klubni çetlaştiriş qaysi futbol jamiyati rahbarlari uçun berilgan? Qaysi jamiyatda reglamentsiz istagança qaror çiqariş mumkin, deb körsatib qöyilgan?












