2017 yilda kiberjinoyatçilar jahon iqtisodiyotiga 600 mlrd dollarlik ziyon yetkazişdi. 2014 yilda bu ziyonlar 445 mlrd dollarga baholangan. Bu haqda kiberxavfsizlik bilan şuğullanuvçi McAfee kompaniyasi hamda Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) hisobotida aytilgan.

“Kiberjinoyatçilik iqtisodiyotga 600 mlrd dollarga tuşadi. Bu miqdor global yalpi içki mahsulotning 0,8 foizini taşkil qiladi”, deyilgan tadqiqotda.   

Tadqiqotda aytilişiça, banklar kiberjinoyatçilarning “eng katta öljasi” bölib qolmoqda. CSIS’ning katta vitse-prezidenti Jyeyms Lyuisning ta'kidlaşiça, dunyoda kiberjinoyatçilik markazlari soni ortmoqda. 

Hisobotda Şimoliy Amerika, Yevropa, Markaziy, Şarqiy va Janubiy Osiyo, Tinç okeani mintaqasi Lotin Amerikasi va Karib havzasi, Afrika va Yaqin Şarq davlatlaridagi kiberjinoyatçiliklar körib çiqilgan.