22 fevralda Space X kompaniyasi Falcon 9 raketasining muvaffaqiyatli parvozini amalga oşirdi va Starlink deb nomlangan internetga global ulaniş tizimining ilk ikkita sun'iy yöldoşini orbitaga olib çiqdi.
Raketa Toşkent vaqti bilan soat 19:17da Kaliforniya ştatidagi Vandenberg bazasidan uçirilgan. Avvalroq parvoz bir neça marta köçirilgan. Dastlab parvoz 17 fevralga belgilangan edi, biroq kompaniya uni bir kunga qoldirgan, söngra 21 fevralga köçirgan. Kompaniya buni raketaning yangi obtekateli tekşirilişi uçun qöşimça vaqt zarurligi bilan tuşuntirgan. Parvoz kuni kelganda u kuçli şamol sababli yana bir kunga köçirilgan.
Raketa orbitaga startidan 11 daqiqa ötgaç asosiy yuk sifatida Ispaniyaning Paz radiolokatsion sun'iy yöldoşini hamda qöşimça yuk sifatida Microsat-2a va Microsat-2b qurilmalarini olib çiqqan. Aynan oxirgi ikki qurilma köproq e'tibor tortgan, çunki ular butun dunyo böylab odamlarning tezkor internetga ulanişlarini ta'minlaşga qaratilgan Starlink loyihasining ilk sun'iy yöldoşlari hisoblanadi.
Starlink loyihasi haqidagi oxirgi ma'lumotlarga köra, tizim 1150 kmdan 1325 kmgaça balandlikda joylaştiriladigan 4425 ta hamda 335 kmdan 346 kmgaça balandlikda joylaştiriladigan 7518 ta sun'iy yöldoşdan iborat böladi. Şu tariqa, uşbu loyiha doirasida orbitaga deyarli 12 mingta kiçik ölçamli sun'iy yöldoş çiqariladi.
SpaceX kompaniyasi Starlink sun'iy yöldoşlari guruhini şakllantirişni 2020-yillar örtalarigaça yakunlaşni rejalaştirmoqda. Ta'kidlanişiça, bu guruhdagi sun'iy yöldoşlari soni hozir orbitada mavjud sun'iy yöldoşlar sonidan oşadi.













