Angliyada final, Ispaniyada derbi. Haftaning eng muhim uçraşuvlari
|22:23 / 24.02.201817 73912 min
Har doimgidek uik-endda Yevropada bir çempionat va kubok bahslaridagi bir qator muhim uçraşuvlar bölib ötadi. Tribuna.Uz an'anaviy ravişda bölajak öyinlarga batafsil töxtaladi.
BARSeLONA - JIRONA (24 fevraldan 25 fevralga ötar keçasi, 00:45)
Kataloniyaning «Jirona» klubi mavsumning kaşfiyoti böldi, deb bemalol aytiş mumkin. Jironaliklar «Atletiko» bilan ikki marta durang öynaşdi, «Real» mağlub etildi. Jamoa öz maydonidagi sönggi 4 uçraşuvning barçasida ğalaba qozonib, biror marta gol ötkazib yubormadi – 12-0. Natijada «Jirona» xavfli zonadan 16 oçko ilgarilab ketgan holda, kuçli sakkizlikdan joy olib turibdi.
Birinçi davrada ötgan uçraşuvda Valverde şogirdlari yirik hisobda ğalaba qozonişgan bölsa-da, bu safargi öyin oson bölmasligi tayin. Zero «Barselona» sönggi öyinlarda gol urişda qiyinçiliklarga duç kelmoqda. Messi va şeriklari sönggi 7 öyinda atigi 10 gol urişganini ta'kidlaş joiz. Buning ustiga, «Barselona» hafta örtasida «Çelsi»ga qarşi oson keçmagan öyinda maydonga tuşdi, bu jihatdan köproq dam olgan «Jirona»da qöşimça ustunlik yuzaga kelişi mumkin.
Mavsum boşidan buyon «Barselona»ning faqat «Real» bilan oçko farqi hisoblanib, Ispaniyada hammasi hal bölgandek tuyulgan bölsa-da, sönggi pallaga kelib, «Atletiko» paydo böldi va hozirda birinçi va ikkinçi örinlarni atigi 7 oçko ajratib turibdi xolos. Bahorda «Atletiko» Çempionlar Ligasida öynamasligini ham e'tiborga olsak, «Barselona»ning xato qilişga haqqi yöq.
KRISTAL PELAS - TOTTeNHEM (25 fevral, 17:00)
«Tottenhem»ning birinçi davradagi eng qiyin ğalabalaridan biri aynan mana şu derbiga töğri kelgandi. Öşanda «Kristal Pelas» har bir körsatkiç böyiça mezbonlardan qolişmagan, faqat ikkinçi bölib örtalarida Son Hyong Minning goli «Tottenhem»ga ğalaba olib kelgandi.
Poçettino jamoasi juda yaxşi formaga kirib oldi, qatorasiga 14 öyindan beri mağlubiyatga uçramayapti. Ayniqsa, «Liverpul», «Mançester Yunayted», «Yuventus» va «Arsenal»ga qarşi ötkazilgan öyinlar ham «Tottenhem» uçun maqbul hisoblarda yakunlangani tahsinga sazovor. Lekin yengil tin olişga hali erta, «Kristal Pelas» öz maydonida har qanday raqibga qarşilik qilişga qodir. Uşbu stadionda «Çelsi»ning mağlubiyatga uçraganini, «Mançester Siti»ning zörğa mağlubiyatdan qutulib qolganini eslasak, bu öyin juda qizğin keçişini oldindan ayta olamiz.
Mavzuga oid
«Tottenhem» nihoyat kuçli törtlikka yaqinlaşib oldi, «Kristal Pelas»ni esa, xavfli zonadan atigi 1 oçko ajratib turibdi xolos. Ya'ni, turnir e'tibori bilan ham har ikki jamoaga ğalaba suv va havodek zarur.
MANÇeSTeR YuNAYTeD - ÇeLSI (25 fevral, 19:05)
Yanvarning boşida bu ikki jamoa murabbiylari örtasida dahanaki janglar bölib ötgandi. Öşa paytda kutilayotgan bu öyin mana şu munosabatlarning eng avj pallasi bölişi tahmin qilingandi. Ammo hozir keskinlik u darajada emasligini aytiş kerak.
Sababi, Joze Mourino endi içki frontda kuraş boşlab yubordi – Pol Pogba va boşqa ba'zi futbolçilar bilan munosabatlarni yölga qöyiş kerak. Kontega ham bir gap ortiqça, hafta örtasida «Barselona» ustidan qozonilayotgan muhim ğalabaning boy berilişi jamoaga salbiy ta'sir qilgan bölişi turgan gap.
Şunday bölsa-da, Premer-Liganing klassik öyinlaridan biri, har ikki jamoa ham kuçli törtlik yölida keskin kuraş olib bormoqda. Bu öyindagi ğalaba mana şu yöldagi juda muhim qadam bölişi aniq. Aprelda «Old Trafford»da ötgan öyinda «MYu» har jabhada raqibini yengib, 2:0 hisobida ustun kelgan bölsa, bu mavsumdagi ilk öyin «Çelsi»ning katta ustunligida ötgan va Morataning yagona goli öyin taqdirini hal qilgandi.
Mavsum boşida Mourino 3 himoyaçi bilan töp suradigan jamoalarga qarşi 3-4-3 ni sinab körgan va qaysidir ma'noda muvaffaqiyat keltirgandi. «Çelsi» ham şu uslubda töp surişini e'tiborga olsak, portugaliyalik mutaxassis yana 3-4-3 ga murojaat qilişini kutsa böladi.
Jarohatlarga kelsak, «Çelsi» tarkibida David Luiz hali ham tarkibga qaytmadi, Barkli va Bakoyokoning ham holati noma'lumligiça qolmoqda. Mezbonlarda esa, Ander Erreraning Sevilyadagi jarohati jiddiy bölib çiqdi. Qaytganlardan esa, Erik Bayini alohida aytiş mumkin, şuningdek, Zlatan Ibrahimoviç ötgan haftadan boşlab umumiy guruhda şuğulanmoqda.
BAYYeR - ŞALKe 04 (25 fevral, 19:30)
Liverkuzenliklar oxirgi olti öyinning beştasida ğalaba qozonişdi va 38 oçko bilan turnir jadvalida 4-öringa kötarilib olişdi. «Şalke» hisobida esa, 37 oçko bor va jamoa oltinçi örinda bormoqda.
Bundesliga ham şu ma'noda APLni eslatib yuboryapti – biratöla 5 jamoa Çempionlar Ligasi yöllanmasini beradigan uç örin uçun ayovsiz kuraşga kirişgan. Bu öyinni mana şu nomzodlar örtasidagi özaro töqnaşuv sifatida baholaş mumkin.
Jamoalarning birinçi davradagi öyinida 1:1 hisobida durang qayd etilgan. Liverkuzendagi sönggi öyinda esa, mehmonlar yirik – 4:1 hisobida ustun kelişgandi.
ARSeNAL - MANÇeSTeR SITI (25 fevral, 21:30)
Pep Gvardiolaning Mançesterga kelganiga bir yarim yildan oşdi. Bu davr mobaynida u transferlar uçun beş yuz milliondan köp pul sarfladi, juda köp öyinçilarni sotib yubordi, jamoa öyinini yangi bosqiçga kötardi va «Mançester Siti» katta farq bilan Angliyada yetakçilik qilmoqda.
Ertaga bölib ötadigan bu uçraşuvning ahamiyati nimada? Klublar uçun ikkinçi darajali hisoblanadigan Liga kubogining finali, ammo aynan şu öyinda Gvardiola Angliyadagi ilk sovrinini yutişi mumkin. Balki ispaniyalik murabbiyning keyinçalik yutadigan juda köp yirik sovrinlarining deboçasi bölar, köramiz.
Raqib ham anoyi emas. «Arsenal» sönggi yillarda kubok öyinlarida Angliyaning eng muvaffaqiyatli jamoasi sanaladi. Angliya kubogining sönggi 4 mavsumining uçtasida Venger jamoasi ğolib çiqqanini aytiş kifoya. Ötgan mavsumda «Arsenal» yarim finalda aynan «Mançester Siti»dan ustun kelganini ham ta'kidlaş joiz.
«Mançester Siti» mavsum boşidagi barqarorlikni namoyiş eta olmayapti. Balki bu hal qiluvçi palla oldidan yengil tin olişdir, bilmadik, ammo fakt şuki, Gvardiola jamoasi Angliyadagi sönggi tört safar öyinida ğalaba qozona olmayapti. «Kristal Pelas» va «Byornli»da durang, «Liverpul»da mağlubiyat. Ayniqsa, Angliya kubogida «Uigan»dan uçralgan mağlubiyat alamli böldi. «Mançester Siti»ning özi iştirok etayotgan barça musobaqalarda ğolib çiqiş orzusi çilparçin böldi. Ammo Liga kubogi ham trebl qayd etiş uçun yaxşi imkoniyat.
«Arsenal» Yevropa Ligasi 1/16 finalida deyarli ikkinçi tarkibni tuşirdi va mana şu öyinga jiddiy tayyorgarlik körmoqda. Mançesterliklar uçun ham bu sovrin muhimlik darajasiga çiqqan – yuqorida aytilganidek, Pep uçun bu birinçi sovrin bölişi mumkin.
Qiziği, bu jamoalarning çempionat uçraşuvi ham aynan şu turga belgilangandi. Liga kubogi munosabati bilan qoldirildi. Oradan uç kun ötib, 1 mart kuni xuddi töqnaşuvga yana bir bor guvoh bölamiz.
ROMA - MILAN (25 fevraldan 26 fevralga ötar keçasi, 00:45)
Nihoyat Jyennaro Gattuzo «Milan»ning dardiga davo topdi şekilli, jamoa 2017 yilning 23 dekabridan buyon mağlubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Bu davrda «Milan» 11 öyinda maydonga tuşdi va 8 tasida ğalaba qozondi. Barça musobaqalardagi sönggi 4 öyin ham «Milan»ning ğalabasi bilan yakunlanmoqda. Hali gapirişga ertadir, ammo bu muvaffaqiyatli seriya natijasida «Milan» deyarli kuçli oltilikka kirib oldi va Çempionlar Ligasi örni bilan ularni faqat 8 oçko ajratib turibdi xolos. Mavsum davomida çempionlikka asosiy da'vogar deb kelingan «Inter» bilan oradagi farq atigi 6 oçko bölib qolganining özi ham faqat «Inter»ning omadsizili emas, albatta.
Bu yurişni davom ettiriş uçun endi Rimda zafar quçiş kerak. Göyoki imkonsizdek körinadi, ammo «Roma»ning sönggi turlardagi uy öyinlariga e'tibor bersak, «Milan»da imkoniyat yomon emas. «Roma» Rimdagi sönggi 4 öyinning 3 tasini «Torino», «Sampdoriya» va «Atalanta» kabi örtamiyonalarga boy berib qöydi.
Har ikki jamoa ham hafta örtasida yevrokuboklarda iştirok etişdi. «Milan» «Ludogorets»ni yengib, nimçorak finalga çiqqan bölsa, «Roma» YeÇL çorak finaliga çiqiş uçun endi «Şaxtyor»ni öz maydonida yutişi kerak böladi.
Raqiblar örtasidagi sönggi 15 öyinning 7 tasida «Roma»ning qöli baland kelgan, uç öyinda «Milan» ğalaba qozongan. Birinçi davrada «San Siro»da bölib ötgan öyinda «Roma» 2:0 hisobida ustun kelgandi.
Yuqorida tilga olib ötilganidek, «Atletiko» hozirda «Barselona»dan atigi 7 oçkoga ortda bormoqda. La Ligada çempionlik intrigasini qaytariş uçun madridliklar nafaqat Ispaniyaning, balki Yevropaning eng qiyin stadionlaridan birida ğalaba qozonişi kerak böladi.
Bu oson bölmaydi, «Sevilya» bu yil öz maydonida faqat bir marta, Andalusiya derbisida mağlubiyatga uçradi xolos. Çempionlar Ligasida «Mançester Yunayted»ga qarşi öyinni, bu öyinda faqat De Xeaning mahoratigina inglizlarni mağlubiyatlan qutqarib qolganini ham hamma kördi. Bir oy oldin esa, aynan «Sevilya» «Atletiko»ni ikki marta yutib Qirollik kubogidan çiqarib yuborgandi. Xullas, mavsumning ikkinçi yarmiga kelib, «Sevilya» juda yaxşi sport formasiga kirib oldi va raqibiga munosib qarşilik qilişi şubhasiz.
Öz navbatida «Atletiko»ning natijalari ham yomon emas. «Atletiko» La Ligadagi söngi 8 öyinning 7 tasida ğalaba naşidasini surdi. Öşa yuqorida aytilgan «Sevilya»dan uçralgan mağlubiyatdan söng Simeone şogirdlari qatorasiga 6 öyinni ğalaba bilan yakunlaşdi.
Jamoalarning birinçi davradagi öyinida madridliklar 2:0 hisobida ustun kelgandilar.
Boşqa öyinlar:
24 fevral. BAVARIYa - Herta (19:30), LIVeRPUL - Vest Hem (20:00), ReAL - Alaves (20:15).
25 fevral. YuVeNTUS - Atalanta (22:00)
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi