Angliya futbol uyuşmasi (FA) «Mançester Siti» boş murabbiyi Xosep Gvardiola ustidan intizomiy iş oçdi.

Mutaxassis kataloniyalik siyosatçilarni qöllab-quvvatlaş ramzi hisoblanadigan sariq lentani kiyimiga taqib yurganlikda ayblanmoqda. Ma'lumki, FA qoidalariga köra, öyin paytida siyosiy va diniy ramzlarni taqib yuriş qat'iy taqiqlangan.

Endi Gvardiola bu ayblov yuzasidan 5 mart kunigaça tuşuntiriş berişi şart.

Ma'lumot örnida, Gvardiola Kataloniyada tuğilib, ösgan va hududning Ispaniyadan ajralib çiqişi tarafdori hisoblanadi.