Xitoy hukumati 2018 yilda mamlakat hududida umumiy qiymati 10 trln yuan (taxminan 1,6 trln dollar)ni taşkil qiluvçi bir neça yirik investitsiya loyihalarini amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda China Daily gazetasi xabar berdi.
"2018 yilda Xitoyning qator viloyatlari va mintaqalarida umumiy investitsiya hajmi 10 trln yuandan ortiqni taşkil etuvçi yirik infratuzilma loyihalariga start beriladi", - deya yozadi naşr.
Gazeta ma'lumotlariga köra, "loyihalarning aksariyati axborot texnologiyalari, transport va energetika infratuzilmasi qurilişi, şuningdek, yuqori texnologiyali uskunalarni işlab çiqariş sohasida amalga oşiriladi".
Naşrning ta'kidlaşiça, Şandun şarqiy viloyatida, masalan, yuqori tezlikdagi temir yöl tarmoqlari, şuningdek, yangi aeroportlarning qurilişi boşlanadi. Bu mintaqaga investitsiyalar umumiy qiymati 4 trln yuan (taxminan 630 mlrd dollar)ni taşkil etadi. Bundan taşqari, Xenan, Xubey, Tszyansi, Guyçjou viloyatlari hududida qaşşoqlik bilan kuraş va atrof-muhitni muhofaza qilişga yönaltirilgan bir neça katta loyihalar boşlanadi. Har bir viloyat uçun sarmoyalar hajmi 1 trln yuan (taxminan 158 mlrd dollar)dan ortiqni taşkil etadi.
"Barça rejalaştirilgan loyihalar mamlakatning bölajak rivoji uçun mustahkam asos yaratişi kerak. Ular sanoatning yangi sohalari taraqqiyoti va iqtisodiyotning an'anaviy sohalari modernizatsiyasi, şuningdek, Xitoy tovarlari sifati hamda raqobatbardoşligini oşirişga yönaltirilgan", - deya ta'kidlaydi gazeta.












