Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari örinbosari Viktor Kononenkoning ma'lum qilişiça, Rossiya maxsus xizmatlari «Ukraina» raketa kreyserini (tezyurar katta harbiy kema) portlatib yuborişga harakat qilgan. Bu haqda mahkama saytida xabar berildi.
Ta'kidlanişiça, qöporuvçilik harakatida rossiyalik David Ponomarev va uning hamtovoqlari gumonlanmoqda. Mahkamadan iddao etişlariça, ular 1996 yildan beri foydalanilmayotgan kreyserni Ukraina Konstitutsiyasi kunida portlatib yuborişni rejalaştirgan. Bu aholini qörqitiş uçun qilinişi kerak bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savçenko «katta uruş»ni taxmin qilgandi.









