Arab davlatlari ligasi boş kotibi Ahmad Abul Gayt AQŞning Isroildagi elçixonasining may oyida Al-Qudsga köçirilişi qarorini qoraladi. Uning aytişiça, bu qaror Yaqin Şarqni tinçlikka oxirgi imkoniyatdan mahrum etişi mumkin. 

AQŞ ma'muriyati elçixona oçilişini Isroil taşkil etilganining 70 yilligiga bağişlaşga qaror qildi. Uşbu kun 2018 yil 14 may kuniga töğri keladi. Biroq falastinliklar va köplab isroillik arablar uçun bu kun Naqba – milliy falokatdan bir kun oldingi kun hisoblanadi. Naqba kuni 15 may kuni nişonlanadi. Bu kun falastinliklar 1948 yil voqealarini eslaşadi. Öşanda 100 minglab mahalliy aholi öz uylaridan ayrilib, önlab yillarga qoçqinlarga aylanişgan.

“AQŞning bu qarori ötgan yil dekabridan davom etayotgan iğvolar va xato harakatlar zanjirida yana bir böğindir. Bu qaror falastinliklar va isroilliklarning tinç-totuv yaşaşiga oxirgi umidni yöq qilişi mumkin”, deb aytgan Abul Gayt.

Uning aytişiça, AQŞ Yaqin Şarq tinçlik jarayonida vositaçi sifatidagi obrösini yöqotmoqda.

“AQŞning Naqba kuni elçixonasini köçiriş qarori Isroil foydasiga noxolis munosabatda ekanligini hamda 70 yildan beri davom etayotgan hududiy ixtilof tarixi va mohiyatiga maqbul baho yöqligini isbotlaydi”, deb aytilgan bayonotda.

Foto: Ahmad Abul Gayt