«Barselona» Ispaniya çempionatining 25-turida Kataloniyaning boşqa bir jamoasi «Jirona» ustidan yirik ğalabaga erişdi. Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 6:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Kök-anorranlilar safida Luis Suares het-trik rasmiylaştirdi, Lionel Messi öz hisobiga dubl yozib qöydi, yana bir gol Filippe Koutino nomiga yozildi. Suares ikkita golga assistentlik ham qildi, Messi, Koutino va Usmon Dembele hisobida bittadan assist. «Jirona»ning yagona javob goli Kristian Portuges tomonidan urildi.

Endilikda «Barselona» oçkolari sonini 65taga yetkazgan holda Primera turnir jadvalida peşqadamlikni davom ettirmoqda, «Jirona» 34 oçkosi bilan töqqizinçi poğonadan joy olgan.

Ispaniya çempionati
25-tur
Barselona – Jirona 6:1 (4:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 3 Portu, 1:1 – 5 Suares, 2:1 – 30 Messi, 3:1 – 36 Messi, 4:1 – 44 Suares, 5:1 – 66 Koutino, 6:1 – 76 Suares.
Barselona – ter Stegen, Nelson Semedu, Pike (Vermalen, 64), Umtiti, Alba, Dembele, Rakitiç (Serdji Roberto, 77), Buskets (Paulino, 69), Koutino, Messi, Suares.
Jirona – Bunu, Ramalo, Espinosa, Xuanpe, Maffeo, Pons, Granel, Aday (Planas, 46), Portu (Duglas Luis, 70), Garsiya (Aleyş Garsiya, 63), Losano.
Ogohlantirişlar: Xuanpe (62), Alba (87).

25-tur öyinlari

Turnir jadvalidagi holat