Rasmiy Pxenyan AQŞ tomonidan KXDR bilan munosabatlardagi istalgan blokadani uruş akti sifatida baholaydi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi Şimoliy Koreya TIV bayonotiga asoslangan holda xabar bermoqda.

AQŞ 23 fevral kuni Şimoliy Koreyaning yadroviy va ballistik dasturiga qarşi sanksiyalar doirasida  eng yirik sanksiyalar paketini joriy qilgandi.

Unga köra, Şimoliy Koreyaning 27 taşkiloti, 28 kemasi va bir jismoniy şaxsi (jami 56 punkt) sanksiyalarga uçradi. Yangi çeklovlar paketi KXDRning yonilği yetkaziş va naqd pul körsatkiçlariga zarba beradi. KXDRning bu taşkilotlari va kemalari turli hududlarda joylaşgan - Şimoliy Koreya, Xitoy, Singapur, Tayvan, Honkong, Marşal orollari, Tanzaniya, Panama va Komora şular jumlasidandir.

«Bizga qarşi istalgan blokada uruş akti sifatida qaraladi», deyilgan KXDR TIV bayonotida.

«AQŞning uzoqni öylab qilmagan bu harakati Koreya yarim orolini uruş yoqasiga keltiradi. Bu holda yuz beradigan har qanday halokatlar AQŞning vijdoniga havola», deya qayd etilgan bayonotda.

Bundan avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp «agar KXDRga qarşi sanksiyalar samara bermasa, AQŞ «ikkinçi fazaga ötişi» va bu öta halokatli oqibatlarga ega bölib butun dunyo uçun qayğu keltirişi» haqida ma'lum qilgandi.