Özbekiston Respublikasi prezidentining tegişli qarorlari bilan Moliya vazirligi rahbariyati tarkibida özgarişlar yuz berdi.
Ma'lum bölişiça, Şavkat Mirziyoyevning 23 fevraldagi qarori bilan Yorqin Ergaşeviç Tursunov boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi moliya vazirining örinbosari lavozimidan ozod etildi.

Uning örnida endilikda Vyaçeslav Yureviç Pak işlaydi. Davlat rahbarining bu boradagi tegişli qarori imzolangan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi tanqiddan keyin Moliya vazirligi tizimida katta özgarişlar röy berdi. Jami moliya tizimi böyiça 562 nafar xodim öz lavozimidan ozod etilgan. Joriy yilning yanvar oyida esa Yoşlar ittifoqi Moliya vazirligiga 490 yigit-qizni tavsiya qilgani ma'lum böldi.











