Nissan avtomobilsozlik kompaniyasining ma'lum qilişiça, kompaniya yaqin orada özining haydovçisiz taksisi va Easy Ride servisini sinovdan ötkaza boşlaydi. Servis uçun dasturni Pokemon Go öyini va geolokatsiyani qöllaşga asoslangan boşqa loyihalarni yaratgani bilan ma'lum bölgan DeNA kompaniyasi işlab çiqqan.   

Xizmatdan Yaponiyaning Iokogama şahri aholisi foydalana oladi. Ular 5 martdan boşlab haydovçisiz taksida Nissan’ning boş qarorgohidan Yokohama World Porters savdo markazigaça sayr qila olişadi. 

Ma'lum qilinişiça, safar çoğida yölovçilar Easy Ride dasturini baholab, uning turli funksiyalarini sinovdan ötkazişlari mumkin böladi. Dastur ovozli va matnli buyruqlarni tuşuna oladi va şu sababli avtomobilga ayni vaqtda nima qiliş kerakligini buyurib, qulay harakatlaniş mumkin. Maşina özi musiqa yoqadi yoki mijozni supermarketdagi (gap Yokohama World Porters haqida ketmoqda) çegirmalar haqida xabardor qiladi. Bundan taşqari, dastur safarlarning narxini hisoblay oladi. 

Avtopilot va dastur yaratuvçilarining aytişiça, sinov davri bir neça hafta davom etadi. Bu vaqt içida zarur ma''lumot töplanişi közda tutilmoqda. Bu ma'lumotlardan boşqa sinovlarni ötkazişda va dasturiy ta'minotni takomillaştirişda foydalaniş mumkin böladi. Nissan taksi xizmatini 2020 yilgaça – Tokioda yozgi Olimpiadagaça yölga qöyişga umid qilmoqda.