2018 yilda mamlakatimiz yo‘llarida «JV MAN Auto-Uzbekistan» MChJ O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi tomonidan chiqarilgan, AKFA kompozit panellari va profillari bilan jihozlangan 80 ta yangi avtobuslar paydo bo‘ladi.

Qo‘shma korxona O‘zbekistonda 2009 yildan beri faoliyat yuritmoqda. Yaqin vaqtlargacha «JV MAN Auto-Uzbekistan» yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. Shahar transporti tarmoqlarini zamonaviy avtobuslar bilan ta'minlash loyihasi 2016 yilda boshlandi. Shu davr mobaynida 50 ta avtobus ishlab chiqarildi, ularni yo‘lovchilar allaqachon ijobiy baholashgan. Katta sig‘imli salon puxta o‘ylangan ventilyatsiya tizimi bilan jihozlangan, yumshoq o‘rindiqlar esa o‘tirish uchun juda qulay. Shuningdek, avtobuslarda alohida ehtiyojlarga ega shaxslar uchun bemalol kirish yo‘llari va maxsus o‘rinlar ko‘zda tutilgan.

MAN nemis konserni korxonalari yo‘lovchilar xavfsizligi, materiallarning ekologik tozaligi, xom ashyoning doimiy sifatiga yuqori talablar qo‘yadilar. Shuning uchun yirik konsern bilan ishlashni xohlagan mahalliy yetkazib beruvchilar o‘zlarining ushbu talablarga muvofiqligini tasdiqlashlari lozim.

Foto: AKFA

«JV MAN Auto-Uzbekistan» MChJ QK bilan AKFA kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik 2016 yilda, dastlabki past polli avtobuslarni chiqarishdan boshlangan.Bozorda uzoq muddatli bo‘lish (2004 yildan), murakkab vazifalarni hal etish tajribasi, iste'molchilarning yuqori ishonchi yetkazib beruvchi foydasiga gapirardi. AKFA alyumin kompozit panellari va profillarini avtobus salonining ichki qoplamasi va kuzov karkasining bir qismi uchun qo‘llaniladi.Bunday material xavfsizlikning alohida talablariga muvofiq kelishi lozim: salon ichidagi yo‘lovchilar u bilan doimiy kontaktda bo‘lishadi. Zaharli moddalarsiz, yong‘inga bardoshlilik, shovqindan yuqori darajadagi himoyalash, amaliylik, uzoq muddatli foydalanish – AKFA kompozit panellari barcha sinovlardan o‘tishdi.

Ikki yillik foydalanishdan keyin avtobuslarning ichki qoplamasi o‘zining boshlang‘ich tavsiflarini saqlab qoldi. Boz ustiga, jamoat transporti kuniga bir necha ming yo‘lovchilarni tashib doimo yuqori bosim ostida bo‘ladi! Qanday qilib AKFA kompaniyasi bunday yuqori sifat ko‘rsatkichlariga erishishga va mahsulot ishonchliligini kafolatlashga muvaffaq bo‘ldi?