The Washington Post gazetasi AQŞ terma jamoasi Olimpiada-2018da amerikalik işqibozlar işonçini oqlamagani haqida söz yuritilgan maqola e'lon qildi. Maqolada aynan işonç haqidagi sözlar sarlavhaga olib çiqilgan, deb xabar beradi TASS.

«AQŞ terma jamoasi bu qişki Öyinlarni 23ta medal bilan yakunladi. Bu 1998 yildan beri eng past natija böldi, öşanda amerikaliklar sportçilar uyga 13ta medal bilan qaytişgan.

Ular Soçida 28 ta va 2010 yili Vankuverda 37 ta medalni qölga kiritdi. Pyongçangda uç mamlakat ularni jamoaviy hisobda ortda qoldirdi - Norvegiya (39), Germaniya (31) va Kanada (29)», - deya yozilgan gazetadagi maqolada.

Eslatilişiça, Janubiy Koreyaga qişki Öyinlar tarixidagi eng köp sonli terma jamoa yöl olgandi – 241 sportçi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Norvegiya qişki Olimpiadalardagi medallar soni böyiça yangi rekord örnatgani xabar qilingandi.