Hasanboy Do‘smatov: «Qancha ko‘p muxlis bo‘lsa shuncha yaxshi. Muxlislar 50 foiz g‘alabani kafolatlaydi»
WSB yo‘nalishida musobaqalarda ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» jamoasi a'zosi Hasanboy Do‘smatov Kubaning «Cuba Domadores» jamoasiga qarshi uchrashuv oldidan jang o‘tkaziladigan saroy sig‘imi kamroq ekani borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Muxlislar qanchalik ko‘p bo‘lsa, bu shunchalik ruhiy ustunlik beradi. Muxlislar 50 foiz g‘alabani kafolatlaydi, deb ayta olaman. Muxlislar ko‘proq qo‘llab-quvvatlashsa, ruhiy jihatdan kayfiyatingiz ham joyida bo‘ladi. Ertaga bo‘lib o‘tadigan jangda ham muxlislarimiz bizni qo‘llab-quvvatlab, qo‘shimcha kuch bo‘la olishadi deb umid qilaman.
Janglar o‘tkaziladigan joyining o‘zgarishi bizga katta farq qilmasa kerak. Agar boshqa davlat bo‘lganida u yerning iqlimiga moslashish va boshqa muammolar bo‘lishi mumkin edi. Lekin Termiz ham Toshkent ham O‘zbekiston.
Albatta, besh ming kishilik arena bilan ming kishilik joyning farqi katta. Lekin shunga qaramasdan, bizni saroydan turib bo‘lmasada, televizor qarshisidan qo‘llab-quvvatlab turadigan otaxon-onaxonlarimizning duolarini ham, ularning qo‘llab-quvvatlashini ham his qilib turamiz.
Argilagosga qarshi jangni revansh desa ham bo‘ladi. Raqibim bilan to‘rtinchi marta jangga chiqishim bo‘ladi. Bu yerda kim aqlliroq, kim tezroq ishlasa, kimning murabbiyi jangdan kelib chiqqan holda to‘g‘ri yondashsa, o‘sha bokschi g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman. Oldingi janglarimning har bir soniyasini qayta-qayta ko‘rib chiqib, kerakli xulosalarni chiqarib oldik. Ertaga kuchli raqibga qarshi jangda g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatimni ishga solaman», deya gapirib o‘tdi Do‘smatov KUN.UZ muxbiri bilan suhbatda.
Mavzuga oid
20:26 / 09.08.2024
Shavkat Mirziyoyev Olimpiada chempionlariga qo‘ng‘iroq qildi
01:59 / 09.08.2024
Hasanboy Do‘smatov – ikki karra Olimpiada chempioni!
10:33 / 08.08.2024
Parij-2024. Rashitov ishtirokini boshlaydi, Do‘smatov oltin uchun ringga chiqadi
20:17 / 04.08.2024