Barselonaga mobil texnologiyalar körgazmasida iştirok etiş uçun taşrif buyurgan Ispaniya qiroli Felipe VI norozilik namoyişlari bilan kutib olindi, deb xabar qilmoqda «Bi-Bi-Si».

Felipe VI taşrifi tufayli yuz bergan namoyişlar davomida namoyişçilar monarxiyaga qarşi şiorlarni hayqirişgan. Norozilik aksiyasi qatnaşçilari va politsiya xodimlari örtasida töqnaşuvlar boşlangan, yuzlab odamlar qölga olindi.

Kataloniya rasmiy şaxslari, jumladan Barselona meri Adu Kolau rasmiy Madridning siyosatidan norozi ekanliklari tufayli rasmiy qabul marosimida qatnaşişdan boş tortdi.

Qirol 2017 yilning oktabrida mintaqa mustaqilligi böyiça muvaffaqiyatsiz referendumdan söng Kataloniyaga ilk bor taşrif bilan keldi.