Işbilarmon Ilon Mask 2015 yilda özi tomonidan asos solingan OpenAI kompaniyasining direktorlar kengaşini tark etdi. Bunga Tesla bilan boğliq muammolarni çetlab ötiş istagi sabab sifatida keltirilmoqda. 

Sun'iy intellektni örganiş bilan şuğullanuvçi OpenAI nodavlat taşkiloti saytida Ilon Mask direktorlar kengaşini tark etayotgani haqidagi xabar paydo  böldi. Ta'kidlaş joizki, kompaniya asosçilaridan biri hisoblangan Mask uning boşqaruvi bilan şuğullangan. 2015 yilda Tesla va SpaceX boşqa sarmoyadorlar bilan bir qatorda unga deyarli milliard dollar kiritgan.

Kompaniya blogida aytilişiça, manfaatlar nomutanosibligi sabab Mask kompaniyaning direktorlar kengaşidan ketişiga töğri kelgan: hozirda Tesla ham, Maskning boşqa kompaniyasi ham sun'iy intellektni tobora köproq örganmoqda.

Xabarda ma'lum qilinişiça, Ilon Mask OpenAI direktorlar kengaşidan ketsa ham, loyihani moliyalaştirişda davom etadi.