Özbekistonda Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş böyiça agentlik taşkil etilişi rejalaştirilmoqda. Özbekiston Savdo-sanoat palatasi prezidentning «Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş va biznes yuritiş şaroitini yaxşilaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni loyihasini e'lon qildi.
Farmon loyihasiga köra, Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş böyiça agentlik yagona vakolatli organ böladi va boşqa davlat organlarining funksiyalarini oladi.
Xususan, yangi agentlik Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasining xöjalik yurituvçi sub'yektlar faoliyatini iste'molçilar huquqlari hamda reklama töğrisidagi qonunlar talablariga rioya etilişi böyiça tekşirişga doir funksiyalarini oladi.
Davlat soliq qömitasining savdo va xizmat körsatiş qoidalariga rioya etilişini tekşirişga oid funksiyalari ham Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligiga beriladi. Agentlik matbaa sohasidagi tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tekşiradi.












