«Eringga e'tiborli bölgin, çunki u sening uçun yo jannating yoki dözaxingdir». Aziz muslima opa-singillar, murojaatimizdan angladingizki, bu mavzuimiz siz azizlarning oiladagi örningiz, ayollik va onalik vazifalaringizni neçoğlik töla-tökis ado etiş bilan, könglingizda paydo böladigan ikki dunyo saodatidan umidvorlik hissi ustida böladi.

Ma'lumki, oila ham jamiyatning kiçik bir bölagi bölib, unda ayolning örni beqiyosdir. Ayol oilaning fariştasi, saramjon-sarişta uy bekasi. Ayol jismonan erkaklarga nisbatan zaif bölsa ham, oilaning yukini kötara olişga qodir. Ammo uning köngli nozik va ta'sirçan bölgani sababli şunça yukni kötargan ayol eri va oila a'zolarining salgina qöpol muomalasi yoki oiladagi biror vaziyat yuzasidan bergan tanbehini kötara olmasligi mumkin. Çunki ayol oiladagi behisob taşvişlar va uy-rözğor yumuşlaridan çarçaşi tufayli şunday holatga tuşişi tabiiy. Bunday vaziyatda eri uni töğri tuşungan holda xotiniga nisbatan yaxşi munosabatda bölişi lozim. Çunki oiladagi munosabatlar ikki taraflama bölib, erkak va ayolning özaro moslaşuviga asoslanadi. Şuning uçun ham er-xotinlik munosabatlari bir-birlarining haq-huquqlari va oiladagi örinlarini töğri anglaşlari asosida şakllanadi. Bunda, ayniqsa, ayolning eriga itoatli va oila a'zolariga gözal munosabatda bölişi muhim örin tutadi. Ayol kişining eriga itoatkorligini opa-singillarimiz töğri anglab yetişlari va bunga amal qilişlari haqida şariatimizda köplab tavsiyalar berilgan. Ulardan eng asosiylari erning ayoli ustidagi haq-huquqlari bölib, bular jumlasiga amali solih işlarda unga itoat qilişi, erining mol-mulkini asrab-avaylaşi, er-xotinlikdagi nozik munosabatlarda öta huşyor bölişi, erining istagini heç qaçon rad qilmasligi kabilar kiradi.

Avvalo, muslima opa-singillarimiz şuni yaxşi anglab olişlari kerakki, Islom dinida ayolning eriga itoat qilişi, bu – şariatga itoat qilişi demakdir. Ammo erkak şariatga xilof işlarni buyurganida, ayolning öz eriga itoat qilmaslikka haqi bor. Zero, Imron ibn Husayndan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaratganga gunoh bölgan işlarda maxluqqa (biron kimsaga) itoat qilinmaydi», deganlar. (Ahmad va Hokim rivoyati).

Köpçiligimiz er va xotinlik eng muqaddas insoniy aloqalar ekanini yaxşi bilamiz. Ammo bu aloqalarni töğri yölga qöyişda Qur'oni Karim va hadisi şariflarga amal qilib iş tutişimiz lozim. Ayol kişi turmuşga çiqqaç, erining izmida böladi, endi u ota-onasidan köra köproq eriga itoat etişi lozim. Agar er töğri yölda bölib, xotiniga nisbatan öz zimmasidagi majburiyatlarni bajarsa, xotini unga itoatsizlik qilişi gunohdir. Ayol  erining iznisiz, huda-behudaga uyidan çiqişi joiz emas. Ammo zaruriyat yuzasidan, ota-onasining ziyorati uçun, ayniqsa, bemor ota-onasiga zarur bölib qolganda çiqişiga şar'iy jihatdan heç qanday mone'lik yöq. Er-xotinlik munosabatlarida şunday holatlar ham böladiki, erkak kişi ayolining ehtiyojlarini doim qondirib yuradi, lekin kuni kelib biror sabab bilan uning xohlagan narsasini olib bera olmasa, ayol darhol erining barça yaxşiliklarini unutib: «Sendan nima kördim», deydi. Bu ayol kişining nafaqat erini qadrlamasligi, balki noşukurlik qilib, erining barça yaxşiliklaridan köz yumişidir. Bunday holatlarda ayolning öylamay-netmay aytgan bir oğiz gapi ham, uning dözax ahllaridan bölib qolişi uçun yetarli sabab ekanligi quyidagi hadisi şarifdan anglaşiladi. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: