Apple joriy yil oxirida uçta yangi iPhone modelini – avval çiqarilgan ayfonlarga nisbatan eng katta ekranli, iPhone X’ning yangilangan va hamyonbop versiyalarini çiqarmoqçi.
Bloomberg axborot agentligining manbalarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilişiça, smartfonlar yangilangan operatsion tizim, ehtimol Siri yordamçisining kengaytirilgan funksiyalariga ega iOS 12 bilan jihozlanişi mumkin.
Kompaniya şu tariqa ayfondan köp vazifalikni istovçi va iPhone X’ning arzonroq versiyasini qidiruvçi xaridorlar istagini qondirmoqçi. Agentlikning ta'kidlaşiça, bu rejalar özgarib qolişi ham mumkin. Kompaniya vakili bu borada izohlar berişni istamagan.
D33 deb atalayotgan katta ekranli smartfon butun old panelni egallovçi 6,5 dyuymli ekran oladi. Ekran “ajralgan ekran” funksiyasi bilan ta'minlanişi ehtimoli bor. Bundan taşqari, iPhone X’dagi kabi, bu smartfonda Face ID texnologiyasi qöllanadi. Qurilma, şuningdek, 1242x2688 pikselli ekran, OLED texnologiyasi olişi mumkin. Cmartfonlarda yangi A12 protsessori qöllanadi.
Katta ekranli smartfonni ikkita SIM-kartani qöllab-quvvatlovçi variantda işlab çiqariş imkoni körilmoqda, biroq bu borada yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Hamyonbop smartfonda Edge-to-Edge ekrani böladi. Uni arzonlaştiriş uçun LCD-ekran, alyumin hoşiyalar va orqa panelida qora oyna örnatilişi taxmin qilinmoqda.
Yangi smartfonlar taqdimoti an'anaviy ravişda kuzda bölib ötişi kutilmoqda.












