Metall 3D-bosma, sensorli şaharlar va uglerodsiz tabiiy gaz - MIT Technology Review jurnali maxsus maqola e'lon qildi.
3D-bosma avvaldan ma'lum texnologiya, biroq uni hozirgaça faqatgina ba'zi dizaynerlar kamyob nusxalarni yaratiş uçun qöllab kelmoqda. Bundan taşqari, bunday bosma plastikda qilinadi – avval uning uçun boşqa materiallar, jumladan metallni ham qöllaş qimmat bölgan. Hozir, naşrning ta'kidlaşiça, metall bosma ança arzon böldi, u katta işlab çiqariş jarayonlarida foydalanilmoqda. Bu texnologiya, mualliflarning fikriça, sanoatni butunlay özgartiradi. Masalan, zararlangan avtomobilga ehtiyot qismini işlab çiqariş uçun fabrikalarga bir neça murakkab stanoklarni örnatiş talab etilmaydi - 3D-printerning özi yetarli böladi.

Kelajakda ba'zi detallarni işlab çiqariş bilan çeklanuvçi katta zavodlar örniga yangi mahsulot turlarini osonlik bilan işlab çiqarişi mumkin bölgan fabrikalar keladi. 2017 yilda Markforged kompaniyasi metall bosma uçun narxi 100 ming dollardan past bölgan ilk 3D-printerni taqdim etdi. General Electric esa yirik metall detallarni işlab çiqarişi mumkin bölgan printerni sinovdan ötkazmoqda. Kompaniya bunday printerlarni 2018 yildayoq işlab çiqarişni boşlaşi mumkin.
Sensorli şaharlar
Alphabet holdingiz bölinmasi - Sidewalk Labs kompaniyasi – Kanada hukumati bilan birgalikda Toronto şahrida Quayside «aqlli» şahri loyihasini işlab çiqmoqda. Şahar mavzelarida örnatilgan sensorlar atrof-muhit haqida ma'lumotni yiğadi – havo sifati va şovqin darajasidan to fuqarolar nima bilan bandligiga qadar. Yangi turdagi şaharlarda barça transport avtomatlaştirilgan böladi, ulardan istalgan odam foydalanişi mumkin. Poçtani yetkazib beriş kabi yengil vazifalar robotlar tomonidan bajariladi. Sidewalk Labs boşqa dasturçilarga şahar tizimlariga yöl oçib berişni rejalaştirmoqda, bu ular öz servislarini öşa asosda işga tuşirişi uçun kerak. Agarda Torontodagi tajriba muvaffaqiyatli bölsa, kompaniya boşqa şaharlarda ham şunday tizimlarni joriy etadi. Loyihani 2019 yilga qadar amalga oşiriş möljallangan.

Barça uçun sun'iy idrok
«Sun'iy idrok texnologiyalarini asosan Amazon, Baidu, Google va Microsoft kabi yirik kompaniyalar hamda ba'zi startaplar qöllaydi. Qolganlar uçun bunday tizimlarni tatbiq etiş juda oğir va qimmat bölmoqda», - deb yozadi naşr. Biroq bulutda sun'iy idrok texnologiyalari paydo bölişi bilan ulardan köproq işlab çiqaruvçilar foydalanişi mumkin böladi, deb hisoblaydi MIT Technology Review. Bu sohadagi yeçimlar orasida - Amazon Web Services, Google Cloud va Microsoft Azure’dan sun'iy idrok tizimlarini amalga oşiriş uçun vositalar. Hozirça sun'iy idrok asosidagi tizimlar faqat texnologiya sanoatida qöllanilmoqda, biroq yaqin kelajakda algoritmlar tibbiyot, energetika, sanoat kabi sohalarda ham qöllanilişi mumkin.


















