MWC 2018 LG Electronics (LG) kompaniyasi örta narx segmentidagi LGK8 2018 va LGK10 2018 smartfonlari yangi modellarini taqdim etdi, ular premium flagman qurilmalaridan meros bölib ötgan eng ilğor xususiyatlarga ega. Taqdim etilgan yangiliklar dunyoning asosiy bozorlarida - Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Yaqin Şarqda sotuvga çiqariladi.

Yangi K-seriya foydalanuvçilarga optimal narxda kengaytirilgan funksiyalarni taklif qiladi. Misol uçun, kamera yuqori tezlikda avtomatik fokus bilan jihozlangan hamda past yoritiş şaroitida s'yomkada şovqinni pasaytiradi. Har ikkala model ham K-seriya uçun mos bölgan orqa paneldagi teksturaga ega, 2.5D-şişa çekkalari esa korpusning öziga xos uslubini ajoyib çiziqlar bilan töldiradi. Bularning barçasi smartfonlar vaqt ötişi bilan öz ahamiyatini yöqotmaslikka imkon beradi. 2018 yilgi ikkala model ham uçta ajoyib rangda sotiladi: qora, kök va oltin.

Foto: LG

LGK10 2018 nafaqat ajoyib taşqi köriniş beruvçi U şakldagi metall korpus, balki bunday narx segmentidagi modellar uçun avval imkonsiz bölgan ba'zi premium funksiyalar bilan ham ajralib turadi. K10 2018 yaxşilangan 13 megapikselli asosiy kamera bilan jihozlangan, u LGG6 smartfonidan olingan, hamda 8 megapikselli yuqori kenglikdagi frontal kameraga ega, u maxsus effekt bilan selfi qiliş imkonini beradi. K10 2018 bilan foto muxlislari an'anaviy avtofokusga nisbatan 23 foizga tezroq işlaydigan fokus avtomatik bosqiçi tufayli biron muvaffaqiyatli kadrni çetdan qoldirmaydilar. Smartfonning orqa panelidagi yangi köp funksiyali tugma nafaqat uni oçadi, jumladan, barmoq izi bilan ham, balki rasm yoki ekran tasvirini tez hamda oson suratga oliş imkonini beradi.

Yangi LGK8 2018 eng ilğor xususiyatlariga ega bölgan va past yoritiş şaroiti ham aniq hamda yorqin fotosuratlarni taqdim etişi mumkin bölgan kameraga ega. Foydalanuvçilarga yoqib qolgan «Avtoselfi», «Qöl işorasi bilan s'yomka», «Virtual çaqnaş» va «Döstlar bilan bölişiş» yangi K8 2018’da saqlab qolingan.

Yangi şovqinlarni qisqartiriş funksiyasi tufayli ham K8 2018, ham K10 2018’da past yoritiş şaroitida ham aniqroq suratlarni oliş mumkin. yoruğlik bilan aniqroq tortişiş mumkin. HDR rejimi (yuqori dinamik diapazon) bilan birgalikda fotosuratlar yorqin va kontrastlidir.

Yangi taymer xususiyati tufayli döstlar yoki oila bilan birga suratga tuşiş endi yanada osonroq. Kamera işga tuşişi uçun qança soniya qolganini endi taxmin qiliş şart emas. Yangi modellarda vizual maslahatçi sifatida bölgan çaqnaş tufayli vaqtni kuzatib borişingiz mumkin. Şunday qilib, suratga olişning barça iştirokçilari kerakli vaqtga tayyorgarlik körib oladilar.