«Pari Sen-Jyermen»ning braziliyalik hujumçisi Neymar Fransiya çempionati doirasida «Marsel»ga qarşi keçgan öyin oxirida öng oyoğini yerga qaltis taşlaşi oqibatida töpiğini qayirib oldi. Parijliklar klubi rasmiy saytida xabar berilişiça, buning oqibatida futbolçining beşinçi panja suyagida yoriq paydo bölgan.
Öz vaqtida Marselo, Toni Kroos, Xabi Alonso kabi futbolçilar ham şunday jarohatlar olişgan. Ularning töliq tiklanişi uçun bir neça hafta talab etilgan, bu esa Neymar YeÇL nimçorak finali doirasida «Real»ga qarşi javob uçraşuvida maydonga tuşmasligini anglatadi.
Ammo istisno holat ham bölgandi, «Valensiya» yarimhimoyaçisi Gonsalu Guedeş xuddi şunday jarohatdan keyin «Barselona»ga qarşi öyinda 90 daqiqa davomida maydonda bölgan.

Neymar Fransiya kubogida «Marsel»ga qarşi va çempionatda «Trua»ga qarşi öyinlarni ötkazib yuborişi rasman ma'lum qilindi.
«PSJ» rasmiy saytida jamoa himoyaçisi Markinosga ham taşxis qöyilgani, u çap oyoğidan olgan jarohat tufayli bir neça haftani ötkazib yuborişi ma'lum qilingan.












