Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev qozoq tilining mavqeini oşiriş böyiça işni davom ettiriş zarurligini aytdi. Bu haqda Oqörda ma'lum qilgan.  

Ma'lum qilinişiça, Nazarboyevning axborot va kommunikatsiyalar vaziri Dauren Abayev bilan uçraşuvi davomida unga “4-sanoat inqilobi şaroitlarida rivojlanişning yangi imkonlari” murojaati doirasida qöyilgan vazifalarni amalga oşirişning borişi haqida ma'lumot taqdim qilingan. 

Nazarboyev uçraşuv davomida qozoq tilining lotin yozuviga ötişi masalasiga töxtab ötgan va davlat tili mavqeini oşiriş böyiça çoralar qabul qilinişi muhimligini ta'kidlab ötgan.

“Lotin yozuviga ötiş jarayoni xalqimiz uçun tarixiy ahamiyatga ega jarayondir. Şu bilan birga qozoq tili mavqeini oşiriş böyiça işlarni davom ettiriş zarur. Parlament va hukumat faoliyati davlat tiliga asoslanişi lozim. Şu bilan bir vaqtda fuqarolarning bu masaladagi huquqlari kamsitilmasligi kerak. Buning uçun sinxron tarjima imkoniyati mavjud”, deb aytgan Nazarboyev.

Nazarboyev lotin yozuviga bosqiçma-bosqiç ötiş muhimligini qayd qilib, qozoq tilini öqitiş usullarini takomillaştiriş masalasini batafsil örganiş topşiriğini bergan.

Bundan taşqari, prezident Qozoğiston ommaviy axborot vositalari raqobatbardoşligini oşiriş va kiberxavfsizlikni ta'minlaş masalalariga e'tibor qaratgan.