Rossiyada prezident saylovlari arafasida ötkaziladigan debatlarda Vladimir Putin nomidan uning ştabi hamraislari va bir neça önlab işonçli şaxslari iştirok etadi. Bu haqda ştab matbuot kotibi Andrey Kondraşov ma'lum qildi.
“Debatlarda, birinçidan, ştabning barça uç hamraisi va ikkinçidan, bir neça önlab işonçli şaxslar iştirok etadilar”, deb aytgan Kondraşov.
Putinning saylovoldi ştabiga “Sirius” iste'dodli bolalar markazi rahbari Yelena Şmeleva, Dima Rogaçev nomidagi tibbiyot markazi rahbari, Bolalar gematolog va onkologlari milliy jamiyati prezidenti Aleksandr Rumyantsev va “KamAz” kompaniyasi boş direktori Sergey Kogogin hamraislik qilmoqdalar.
Prezident saylovlari 18 mart kuni bölib ötadi. Prezident lavozimiga 8 kişi da'vogarlik qilmoqda: Sergey Baburin ("Rossiya umumxalq ittifoqi"), Pavel Grudinin (Rossiya kommunistik partiyasi), Vladimir Jirinovskiy (Rossiya liberal-demokratik partiyasi), Vladimir Putin (mustaqil nomzod), Kseniya Sobçak ("Fuqarolik taşabbusi"), Maksim Suraykin ("Rossiya kommunistlari "), Boris Titov (Ösiş partiyasi), Grigoriy Yavlinskiy ("Yabloko"). Nomzodlar saylov byulletenida familiyalari böyiça aynan şunday alifbo tartibida joylaştiriladilar.











