Slovakiyada jurnalist-suriştiruvçi Yan Kuçak jasadi topildi. Ma'lum qilinişiça, jurnalist Velka Maça aholi punktidagi uyida rafiqasi bilan birga otib ketilgan.
Qotillik 22 va 25 fevral kunlari oraliğida yuz bergan. Politsiya 27 yoşli Kuçak va rafiqasining jasadlarini ularning yaqinlari aloqaga çiqmayotganlarini ma'lum qilganlaridan keyin aniqlagan.
Slovakiya prezidenti Andrey Kiska qotillikni zudlik bilan tergov qilişni talab qilgan. Boş vazir Robert Fitso uşbu qotillikni mamlakatdagi söz erkinligi va demokratiyaga misli körilmagan hujum deb atagan.
Kuçak Slovakiya tarixida öldirilgan birinçi jurnalist böldi. U Aktuality.sk naşrida işlagan va soliqdan böyin tovlaş bilan boğliq tergovlar bilan şuğullangan. Politsiyaning taxminiça, jurnalistning öldirilişi uning kasbi bilan boğlangan.
Kuçak 2017 yilda politsiyaga slovakiyalik tadbirkor tomondan tahdidlarga uçrayotganidan şikoyat qilgan, keyinroq esa politsiya heç qanday çora körmaganini ma'lum qilgan.












