Özbekiston Respublikasi Qurolli kuçlari delegatsiyasi Markaziy harbiy okrug jangovar tayyorgarligi bilan tanişiş uçun Yekaterinburgga keldi. Bu haqda 27 fevral, seşanba kuni okrug qöşinlari qömondoni yordamçisi polkovnik Yaroslav Roşçupkin xabar berdi.
«Toşkent harbiy okrugi qöşinlari qömondoni general-mayor Bahodir Qurbonov boşçiligidagi harbiy delegatsiya Uralga Markaziy harbiy okrug jangovar tayyorgarligi va kundalik faoliyatini taşkil etiş tajribasi bilan tanişiş uçun taşrif buyurdi. Yekaterinburgda mehmonlar MHO qarorgohida bölib, harbiy-havo kuçlari va havo hujumidan mudofaa 14-armiyasi qömondonligi bilan ham uçraşişdi», - deya aytib ötdi Roşçupkin.
Uning qöşimça qilişiça, yaqin kunlarda mehmonlar Çelyabinsk viloyatida joylaşgan 90-tank bölinmasida işini davom ettiradi.











