Apple korporatsiyasi 2018 yilning bahorida öz xodimlari va ularning oila a'zolari uçun tibbiyot klinikalarini oçadi. Bu haqida CNBC telekompaniyasi xabar berdi. 

Ta'kidlanişiça, tibbiy muassasalar tarmoği AC Wellness nomini olgan. Hozirça faqat Apple ştab-kvartirasi joylaşgan Kaliforniya ştati Santa-Klara okrugida ikki klinika oçiş rejalaştirilmoqda. Manbada qayd etilişiça, loyiha sayti allaqaçon işga tuşirilgan, unda tarmoqning bölğusi xodimlari uçun vakansiyalar joylangan.

Telekompaniya ma'lumotlariga köra, Apple klinikalari korporatsiya yangi tibbiy mahsulotlarini sinovdan ötkaziş va rivojlantiriş uçun platforma vazifasini ötaydi. 

Bugunga qadar Stenford universiteti bilan insonning yurak-qon tomirlari faoliyatida buzilişlarni qayd etiş borasida Apple Watch soatlari imkoniyatlarini tadqiq qilişga doir qöşma loyiha mavjud.