Jamiyatda 25 yil davomida ma'lum bir yaralar paydo böldi. Mamlakat rivojlanmadi, deyiş fikridan yiroqman. Ya'ni, ötmişga toş otiş niyatim yöq. Ammo, ayni zamonda, maddohlik qiliş niyatida ham emasman. Bugun jamiyat ötgan 25 yil içida paydo bölgan yaralarni tan oldi va bugun mana şu yaralar davolanmasa, davlat jismi, jamiyat jismi yöq bölib ketişi, çirib ketişi anglab yetildi. Bu yaralarda iztirob borligini, iztirob çekişimiz kerakligini angladik, bu oğriqlarga öz-özimizni tayyorlayapmiz, ammo hali yaralar oçilgani yöq. Ular endi oçiladi, endi tozalanadi.
Buyuk kelajak haqida öylaganimizda, uning iztiroblarini bugun çekişimiz kerakligini tuşunib yetişimiz kerak böladi. Bu oğriqlarni öz tanimizda ötkazsakkina, kelajagimiz buyukligini his qilişimiz mumkin. Va biz bugun ana şu tuyğularni, oğriqlarni tuşuna boşladik, his qila boşladik. Mana şuning özi katta qadam böldi.
Davlat va xalq örtasida yagona bir jipslilik kerak. Ma'naviy qadriyatlarga suyansakkina, biz iztiroblarni yengadigan kuç topa olamiz. Bugun jamiyatimiz boşidan keçirayotgan ajib holatlarni tasavvur qilsak, bizga yetişmayotgan bir tuyğu bor – reallikni his qiliş. Bugun yetib kelgan nuqtamizni his qiliş biz uçun muhim narsa. Men doim aytaman: prezidentga juda ham qiyin. Prezident böliş degani aslida ham oson iş emas. Özbekistondek geosiyosiy murakkab bir joyda prezident böliş esa öta oğir narsa. Prezident taşqi kuçlarni, gegemon davlatlarning özaro manfaatlari orasida muvozanat uşlay bilişi, bundan taşqari, içki siyosatni qattiq nazorat ostida uşlagan holda siyosat yuritiş juda ham oğir narsa.

Jamiyatda “ura-ura”çilar bor ekan, u yerda islohot ötkaziş judayam qiyin. Amaldorlar orasida maddohlar, nima qilişini bilmayotgan, davlat rahbari nima istayotganini tuşunmayotganlar köp. Bu ham katta bir muammo, aslida. Bugun prezidentning yonida uni tuşunadigan, his qiladigan, xalqi uçun xizmat qiladigan sadoqatlilar kerak. Sadoqat haqida gap ketganda bir narsani aytib ötmoqçi edim. Insonda ota-onasi bergan, jamiyatda şakllangan ğoya böladi. Bizning jamiyatga e'tibor berib qarasangiz, ğoyasiga xiyonat qilayotgan odam köp. U öz ğoyasini, qadriyatlarini bir zumda özgartiradi. Nega deb sörasangiz, zamon şunday deydi. Öz-öziga xiyonat qilgan inson heç kimga nisbatan sadoqatda bölmaydi. Buyuk mujodalalarga bunday insonlar bilan kirib bölmaydi.
Bugun biz jamiyatda ijtimoiy ong, ijtimoiy tafakkur masalasini qayta körib çiqişimiz kerak. Hozirça bundan davlat uçun heç qanday iqtisodiy manfaat bölmaydi. Bunday bölişi uçun xalq ongan tayyor bölişi, insonlarning ongi özgarişi kerak. Bizda özini ayaş juda rivojlangan. Odamlar köproq harakat qilgisi kelmaydi. Bu xuddi kiçik-kiçik detallarga öxşaydi. Aslida, mana şu kiçik-kiçik detallar millat xarakterini körsatadi. Bugun bizga kuçli ijtimoiy, ğoyaviy siyosat kerak. Bu siyosat xalqimizni himoyalaydigan va uni qayta tarbiyalaydigan bölişi lozim.











