Koinotda uruş bir neça yil masalasidir, deb aytdi AQŞ harbiy-havo kuçlari ştabi boşliği Devid Goldfeyn. U bu haqda Floridada 34-marta ötayotgan Harbiy-havo kuçlari uyuşmasi simpoziumi va Texnologiyalar körgazmasida gapirdi, deb xabar bermoqda Space News.

Harbiy öz nutqida AQŞ koinot hududida ustunlikka erişişi lozimligini aytgan.

“Biz bir neça yildan keyin koinotdan zarbalar beramiz, deb hisoblayman. Va biz – AQŞ harbiy-havo kuçlari bu yangi bahsli hududda jangovar harakatlarni boşqarişi lozim bölgan qöşinlar turi hisoblanamiz. Bu – mamlakat bizdan talab qilayotgan narsadir”, deb aytgan Goldfeyn.

Uning fikriça, AQŞning öt oçiş qudratini oşiriş uçun barça yönalişlarda: havoda, yerda, dengizda, kiberhudud va koinotda razvedka hamda kommunikatsiya imkoniyatlarini integratsiya qiliş lozim.

Goldfeynning aytişiça, AQŞ harbiy-havo kuçlariga qömondonlarning yangi avlodi zarur. 

Naşr ma'lumotlariga köra, AQŞ harbiy-havo kuçlarining 2018 yilgi koinot dasturlari uçun byudjyeti 7,75 mlrd dollarni, ya'ni 2017 yilgiga nisbatan 20 foiz köproqni taşkil qiladi. Keyingi yilda bu qiymatni 8,5 mlrd dollargaça oşiriş rejalaştirilgan.