UYeFA sayti Çempionlar Ligasi va Yevropa Ligasidagi keyingi mavsumdan boşlab joriy qilinadigan özgarişlarni e'lon qildi.
Çempionlar Ligasi guruh bosqiçiga 26ta klub avtomatik tarzda yöl oladi. Ularning içida Çempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi ğoliblari ham böladi.
Yana 6ta klub saralaş öyinlarida aniqlanadi. Undan ötolmaganlar Yevropa Ligasida öz kuçini sinab köriş imkoniyatiga ega bölişadi.
Çempionlar Ligasi 2018/19 mavsumi guruh bosqiçi yöllanmalari quyidagiça taqsimlanadi:
- Çempionlar Ligasining amaldagi ğolibi;
- Yevropa Ligasining amaldagi ğolibi;
- Yuqori reytingga ega bölgan Ispaniya, Germaniya, Angliya va Italiya çempionatining har biridan 4ta jamoa;
- Fransiya va Rossiya çempionatining har biridan 2ta jamoa;
- Portugaliya, Ukraina, Belgiya va Turkiya çempionatining har biridan 1ta jamoa;
Agar Çempionlar Ligasining amaldagi ğolibi içki çempionat natijalariga köra, musobaqa yöllanmasini qölga kiritsa, u holda, uning örnini reytingda 11-örinda borayotgan Çexiya çempioni egallaydi.
Agar Yevropa Ligasining amaldagi ğolibi içki çempionat natijalariga köra, Çempionlar Ligasi yöllanmasini qölga kiritsa, u holda, uning örnini Fransiya çempionatining uçinçi jamoasi egallaydi.
Yevropa Ligasi guruh bosqiçiga avtomatik tarzda 17ta jamoa yöl oladi. Çempionlar Ligasi saralaşidan çiqib ketgan 10ta jamoa ham ularga qöşiladi. Qolgan 21ta jamoa saralaş öyinlari orqali aniqlanadi.












