Jahon | 07:59 / 01.03.2018
5918
2 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi eng yirik do‘konlar tarmog‘i 21 yoshdan kichiklarga qurol sotishni taqiqlamoqchi

Foto: AP Photo/Gene J. Puskar

AQShdagi eng yirik supermarketlar tarmog‘iga egalik qiluvchi Walmart kompaniyasi mamlakatda oxirgi vaqtda tez-tez sodir bo‘layotgan otishmalar bilan bog‘liq holda o‘z do‘konlarida 21 yoshdan kichiklarga qurol va o‘q-dorilar sotishni taqiqlamoqchi. Bu haqda Walmart’ning rasmiy saytidagi bayonotda aytilgan. 

Hujjatdan anglanishicha, kompaniya rahbariyati “yaqinda yuz bergan voqealar” sababli o‘qotar qurol sotish bo‘yicha siyosatini qayta ko‘rib chiqdi. “Keyinchalik biz qurol va o‘q-dorilar sotishga yosh chegarasini 21 yoshgacha ko‘taramiz”, deb aytilgan Walmart’da. Kompaniya vakillari ushbu qoidalar iloji boricha tezroq kuchga kirishiga va'da berishgan.

Bayonotda aytilishicha, Walmart do‘konlarida 2015 yildan Alyaskadan tashqari boshqa shtatlarda bir qator miltiqlar, jumladan yarimavtomatik AR-15 miltig‘i, to‘pponchalar, qurol o‘q otishini tezlashtiruvchi qurilmalar va sig‘imi kengaytirilgan o‘qdonlar sotish taqiqlangani aytib o‘tilgan. 

Yangi me'yorlarga ko‘ra, Walmart o‘z saytidan ko‘rinishi shturm miltiqlarini eslatuvchi istalgan buyumlar suratlarini olib tashlaydi, bu o‘yinchoqlar va pnevmatik qurolga ham taalluqli bo‘ladi. 

Mavzuga oid