Braziliyada anakonda tomondan daryoga tortib ketilgan itning qutqarilişi videoga olindi.

Videoda ikki erkak itning atrofida öralib olgan anakondani dumidan uşlab, daryodan taşqariga olib çiqişayotganini köriş mumkin. Erkaklar ilonni daryodan çiqarib, sudray boşlaşganda ham ilon öz öljasini qöyib yuborişni istamaydi.

Itni anakonda domidan çiqarib oliş uçun erkaklardan biri qöliga tayoq olib, ilonni bir neça marta savalagan. Şundan keyingina ilon taslim bölib, itni qöyib yuborgan. It körinişiça jiddiy jarohat olmagan, çunki oyoqqa turib, qoçib keta olgan.