GetContact ilovasi App Store Uzbekistan’da yetakçilikni qölga oldi, u uzoq vaqt davomida birinçi marta Telegram’dan ötib ketdi, deb yozmoqda Spot.uz.

GetContact özini foydalanuvçi raqami döstlarining telefon kitoblarida qanday yozilganini tekşirişga imkon beruvçi ilova sifatida talqin etadi.

Bundan taşqari, ilova uni örnatgan raqamlarning yagona bazasini töplaşi sababli noma'lum raqamni aniqlovçi sifatida işlaşi mumkin.

Foydalanuvçilarning ta'kidlaşiça, aslida, ilova ijtimoiy tarmoqlarni tekşiradi va tasodifiy tartibda natijalar beradi.

GetContact foydalanuvçilik şartnomasida oçiq körsatilganki, işlab çiquvçilar axborotdan foydalanişi va uni uçinçi şaxslar bilan bölişiş huquqiga ega. Masalan, ilova raqamlar röyxati, telefon raqamlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, elektron poçta, SMS-xabarlar va qönğiroqlar yozuvlariga kirişi mumkin.

Ma'lum bölişiça, işlab çiquvçilar ma'lumotni öğirlaydi. AQŞdagi App Store’da u önlab salbiy izohlarga ega, ularda ilova kontakt ma'lumotlarini öğirlagani aytiladi. Fevral oyi boşida ilova Qozoğistonda bloklab qöyildi.