Nyu-Yorkning Manxetten tumanida balandligi 215 metr keladigan osmonöpar bino buzib taşlanmoqçi. Katta kölamli operatsiya insoniyat tarixida inşootning eng yirik rejalaştirilgan buzilişi böladi, deb ta'kidlamoqda Dezeen.

270 Park Avenue manzili böyiça joylaşgan bino 1960-yillarda öşa davrning yetakçi ayol arxitektorlaridan biri Natali de Blua loyihasiga köra qurilgan. Bino Grand Central vokzali yonida joylaşgani sabab uning birinçi qavatini yerdan qoziqlar yordamida kötarişga töğri kelgan. 25 qavatli uşbu bino JPMorgan Chase Tower nomi bilan ham maşhur. 

Biroq JPMorgan Chase banki binoning örnida yanada balandroq va zamonaviyroq bino quriş mumkin degan qarorga kelgan. 

Bino 2019 yil davomida buzib boriladi, 2024 yilda esa uning örnida 150 metr balandroq va 18 ta qavat köproq bino qad rostlaydi. Yangi binoda JPMorgan’ning 9 ming xodimi işlaydi. Hozirgi binoda 6000 kişi işlamoqda.

Bankirlarning uşbu rejasi köplab arxitektorlarning tanqidiga uçragan. Ular de Blua binosini butun Park-avenyu köçasidagi eng “uluğvor” binolardan biri deb ataşmoqda.